Hisobchi Consulting

Ish haqi hisobi — Excel jadvalisiz

Kunlik davomatdan hisob varaqgacha: Tabel, jarimalar, FOT va yillik hisobot avtomatik tayyorlanadi. Natijalar sizga tanish Hisobchi FOT jadvali bilan aynan bir xil.

Noyabr 2026 · FOTYopilgan
HisoblandiQoldiq
Bosh buxgalter8 880 9527 500 952
Buxgalter4 714 2864 064 286
Kassir3 642 8573 212 857
JAMI17 238 09514 778 095

Qanday ishlaydi

Jadvaldagi tartib saqlangan — faqat qo'lda hisoblash yo'q.

  1. 01

    Davomat

    Har kuni kelgan-ketgan vaqtni kiriting: 9:12 yoki 912 — tizim tushunadi.

  2. 02

    Tabel

    Ishlangan soat, K/T/X kodlari va me'yoriy soat o'zi hisoblanadi.

  3. 03

    Jarimalar

    Kech qolish, tushlik, erta ketish — nizomdagi summalar bo'yicha.

  4. 04

    FOT

    Vaqtbay, KT, soliqlar, ushlanmalar va oy oxiridagi qoldiq.

  5. 05

    Hisob varaq

    Oy yopiladi, qoldiq keyingi oyga o'tadi, xodim PDF oladi.

Imkoniyatlar

Tez davomat kiritish

Jadvaldagidek klaviatura bilan: Enter va strelkalar, bo'sh qatorlarni grafik bo'yicha to'ldirish.

Grafiklar va bayramlar

Har bir xodimga alohida grafik, mavsumiy o'zgarishlar, bayram va ish kuniga aylantirilgan shanbalar.

Soliqlar va ushlanmalar

JShDS, INPS, kasaba uyushma va pensiya — Sozlamalardagi foizlar bo'yicha.

Oyni yopish

Yopilgan oy o'zgarmaydi, qoldiqlar keyingi oyga avtomatik ko'chadi.

Excel bilan ishlash

Eski jadvalni import qiling; FOT, Tabel va yillik hisobotni Excelga chiqaring.

Xodim kabineti

Har bir xodim o'z davomati, jarimalari va hisob varaqlarini ko'radi.

Har kim o'z ishini qiladi

Administrator

Foydalanuvchilar, jarima summalari, soliq foizlari va oyni qayta ochish.

Hisobchi

Davomat, Tabel, jarimalar, FOT, oyni yopish va hisobotlar.

Xodim

O'z davomati, jarimalari va PDF hisob varaqlari — faqat ko'rish uchun.

Jadval bilan bir xil natija

Hisob-kitob qoidalari Hisobchi FOT 2026 jadvalidan bir-birga ko'chirilgan va jadval natijalari bilan solishtirib tekshirilgan — yaxlitlashgacha.

Ish haqini bugundan tizimda hisoblang

Kompaniyangiz ma'lumotlari faqat sizga ko'rinadi.

Tizimga kirish